» » Xiaomi shaffof televizorining sirini oshkor qildi

Xiaomi shaffof televizorining sirini oshkor qildi


Avgust oyida Xiaomi dunyodagi birinchi shaffof televizorini taqdim etgandi. Foydalanuvchilar ekrandagi tasvirdan tashqari, qurilma ortida turgan narsalarni ham ko‘ra olishi mumkin. Kompaniya bu kabi effektga qanday qilib erishilganini tushuntirib berdi.

Barcha elektronika va ovoz qurilmalari displey joylashgan aylana “podstavka”ga o‘rnatilgan. Shu sababli ishlab chiqaruvchi qo‘shimda sovitish tizimidan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Butun korpus issiq havoni chiqarib tashlashga mo‘ljallangan teshiklar bilan jihozlangan, chipset esa issiqlik yutuvchi radiatorga ega.

Displeyni loyihalashda OLED matritsadan foydalanilgan, chunki uni suyuq kristall ekranlardan farqli o‘laroq yoritish shart emas. Mi TV LUX RGBW ranglar makonidan foydalanadi, ya’ni standart qizil, yashil va ko‘k ranglarga oq ham qo‘shilgan.

Shu bilan birga, RGBW-matritsa yarmigacha piksellar bilan qoplangan, qolgan qismi shaffof. Piksellar maydaligi sabab tomoshabin yetarli darajadagi masofadan turib ularni ko‘ra olmaydi. Ular orasidagi masofa ham bir xil darajada kam — bularning barchasi esa televizorni oddiy shisha ekran ko‘rinishiga kirishiga ko‘maklashgan.

Mavzuga doir: Xiaomi’ning ulkan televizori sutkalik savdolar bo‘yicha rekord o‘rnatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют