» » Dialoglari tildan tilga ko‘chib, yod bo‘lib ketgan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida 20 ta qiziqarli fakt

Dialoglari tildan tilga ko‘chib, yod bo‘lib ketgan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida 20 ta qiziqarli fakt


Teletomoshabinlar uchun sevimli bo‘lgan, rus kinoijodkorlari tomonidan taqdim qilingan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” komediyasi 1973-yilda Mixail Bulgakovning “Ivan Vasilyevich” pyesasi asosida Leonid Gayday rejissorligida suratga olingan. Quyida ushbu film bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

1. Film ssenariy muallifi Vladlen Baxnov Gaydayning qo‘shnisi bo‘lgan va shu sabab ham ssenariy rejissorning uyida yozilgan.

2. Filmdagi Timofeyevning vaqt mashinasi haykaltarosh Vyacheslov Pochechuyevning g‘oyasi va loyihasi hisoblanadi.

3. Ivan Grozniy va Bunsha roli Yuriy Nikulin uchun yozilgan bo‘lgan. Ammo Nikulin Bulgakovning taqiqlangan asari asosida suratga olingan film shkaf tokchasida chang bosib yotadi, deb o‘ylagan va rol ijro qilishdan voz kechgan.

4. Grozniy va Bunsha roli uchun ko‘plab taniqli aktyorlar — Yevgeniy Yevstigneyev, Georgiy Vitsin, Vladimir Etushlar sinab ko‘rilgan, lekin eng ishonarli ijro Yuriy Yakovlevniki bo‘lgan.

5. O‘g‘ri Jorj Miloslavkiy qahramoni uchun Vyacheslav Nevinniy, Anatoliy Kuznetsovlar taklif qilingan, ammo rol Leonid Kuravlevga nasib qilgan.

6. Ixtirochi Shurikning rafiqasi roliga uch nafar Natalya nomzod bo‘lgan. Ammo rol Natalya Gundareva va Natalya Gvozdikova qolib, “Operatsiya I” da Shurik bilan birga rol ijro qilgan Natalya Selyoznevaga nasib qilgan.

7. Bunshaning turmush o‘rtog‘i — Ulyana Andreyevna roli uchun esa Krachkovskaya bittada qabul qilingan.

8. Rejissorga Moskvadagi Kremlda suratga olishga ruxsat berilmagani uchun boshqa joy qidirishga — Rostovdagi Kremlda suratga olishga qaror qilingan. Kelajakdan kelgan “iblislarni” ushlash uchun soqchilar kuylagan sahna ham aynan shu joyda suratga olingan.

9. Filmda uzoq davom etadigan kuylash sahnasi aslida qisqa vaqtda suratga olingan. Undagi soqchilar kiygan qizil libos uzun va tor bo‘lgani uchun yugurish oson bo‘lmagan.

10. Filmdagi ba’zi epizodlar Moskvada suratga olingan. Tez yordam va militsiya mashinasining kelish sahnalari shular jumlasidan.

11. “?Bu ziyofat kimning hisobiga? Chiqimini kim to‘laydi?”? filmda berilgan ushbu savolga “Har holda biz emas”, deb javob berilgan, lekin ssenariyga ko‘ra “Xalq, otaginam, xalq” degan javob berilishi kerak bo‘lgan, senzura sabab ushbu versiya qabul qilinmagan va o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.

12. Gayday qirol dasturxoni haqiqiy shohona bo‘lishini istagan, ammo filmning budjetida ortiqcha mablag‘ bo‘lmagan. Shu sabab ham rejissor o‘z cho‘ntagidan to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Dasturxondan o‘rin olgan baliq, qora va qizil ikra va boshqa yeguliklar uchun 200 rubl sarflagan.

13. Miloslavskiy Shpakdan o‘g‘irlagan keyin bo‘lsa shved elchisiga sovg‘a qilgan ruchkani rejissor uyidan olib kelgan.

14. “Kiyib ol, shoh bo‘lasan”. Sherigining ushbu so‘zlaridan keyin Bunsha kiygan shoh liboslari Sergey Eyzenshteyenning “Ivan Grozniy” filmidagi rekvizit qoldiqlaridan tikilgan. Zinochka qahramoni kiyimlari Vyacheslav Zaysevga tegishli.

15. Ulyana Andreyevna filmda beshta parik kiygan. Ulardan eng og‘iri “Seni ham davolashadi, seni ham davolashadi, meni ham davolashadi” jumlasi aytilganidan keyin u boshidan yechgan olovrang parik bo‘lgan. U ushbu parikni yechganidagi kalta sochlari aslida maxsus qalpoqcha bo‘lgan va uning tagiga aktrisaning uzun sochlari yashirilgan. Qalpoqning boshni qisishi hisobiga Krachkovkayaning yuzi shishib ketgan.

16. Senzura sabab filmdagi jumlalar o‘zgartirilib, qayta ovoz berishga to‘g‘ri kelgan. Masalan, Bunsha shved elchisiga “Gitler kaput” deganini eshitish mumkin, lekin uning lab harakatlariga e’tibor berilsa, “tinchlik va do‘stlik” deganini payqash mumkin.

17. Militsiya Ivan Grozniyning yashash joyini so‘raganida “Moskva, Kreml” deyilgan, lekin u keyinchalik koshonaga o‘zgartirilgan.

18. Bundan tashqari filmda shoh Timofeyevning oshxonasida kotlet qovurgan sahna bo‘lgan. Barcha o‘zgartirishlar natijasida film davomiyligi 10 daqiqaga qisqargan.

19. Rejissor rafiqasi Nina Grebeshkovani bir necha filmlarda ikkinchi darajali rolda suratga olgan. Mazkur filmda ham shohning turmush o‘rtog‘i Marfa Vasilyevna roliga taklif qilgan, ammo Nina bunga rozi bo‘lmagan.

20. Film 1973-yilda sovet kinoprokatida yetakchilik qilgan. “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” shu yilning o‘zida 60 milliondan ko‘p marta tomosha qilingan.

Mavzuga doir: “Shoh soxta ekan”. Barcha davrlarning eng yaxshi filmlari bo‘yicha test



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют