» » Chingiz Aytmatovning qissasi asosida o‘zbek—qirg‘iz filmi suratga olinadi

Chingiz Aytmatovning qissasi asosida o‘zbek—qirg‘iz filmi suratga olinadi


O‘zbek va qirg‘iz kinoijodkorlari Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasi asosida film suratga oladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Qirg‘izmstonlik prodyuser Parizod Jakipbekovaga ko‘ra, ssenariy Kerez Zarlikova tomonidan yozilgan, rejissyor sifatida esa o‘zbekistonlik Sarvar Karimov tanlangan.

— Kartinani suratga olish uchun jami 200 ming dollar kerak bo‘ladi. Mablag‘ning bir qismi Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan O‘zbekistonda Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qaror doirasida ajratiladi. Qissa asosi o‘zgarmay qoladi, faqat voqealarni bugungi kunlarga ko‘chiramiz, — dedi Parizod Jakipbekova.

Filmni suratga olish ishlari Toshkent, Namangan va Baliqchi shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Undagi bosh rollarni o‘zbekistonlik Adiz Rajabov va Ulug‘bek Qodirov hamda qirg‘izistonlik Madina Tolibbek va Elina Abay qizi ijro etadi. Film o‘zbek va qirg‘iz tillarida ekranlarga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют