» » SSSR xalq artisti Vladimir Etush 97 yoshida vafot etdi

SSSR xalq artisti Vladimir Etush 97 yoshida vafot etdi


SSSR xalq artisti Vladimir Etush 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Etush 1922-yilda Moskvada tug‘ilgandi. 1940-yilda Shukin nomli bilim yurtiga o‘qishga kirgan, 1941-yilda ikkinchi jahon urushida ishtirok etish uchun frontga otlangan.

1943-yilda og‘ir jarohatdan so‘ng urushdan qaytgan Etush 1945-yilda Vaxtangov nomli teatrga ishga qabul qilingan va bu yerda 70 yildan ortiq mehnat qilgan.

Vladimir Etush kinoda 150 dan ortiq filmda ishtirok etdi. Leonid Gaydayning “Kavkaz asirasi”, “12 stul” va “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” komediyalaridagi rollari unga shuhrat keltirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют