» » Turkmanistonlik taniqli opera xonandasi Maya Kuliyeva 98 yoshida olamdan o‘tdi

Turkmanistonlik taniqli opera xonandasi Maya Kuliyeva 98 yoshida olamdan o‘tdi


SSSR xalq artisti, Turkmaniston tarixida birinchi bor Yevropa opera namunalari ijrochisi Maya Kuliyeva 98 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Maya Kuliyeva 1938—1941-yillarda Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasida tahsil olgan va opera qo‘shiqchisi mutaxassisligiga ega bo‘lgan.

Mehnat faoliyatini 1941-yilda Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat akademik opera va balet teatrida boshlagan. Shundan so‘ng opera solisti, bosh rejissor lavozimlarida ishlangan.

Kuliyeva 1943-yilda Turkmaniston SSR xizmat ko‘rsatgan artisti, 1952-yilda esa Turkmaniston SSR xalq artisti, 1955-yilda SSSR xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.

2008-yilda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Maya Kuliyevaga “Turkmaniston qahramoni” unvonini topshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют