» » “Yalla” guruhi Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimida qo‘shiq kuylaydi

“Yalla” guruhi Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimida qo‘shiq kuylaydi


“Yalla” guruhi Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimiga bag‘ishlab Ostonada o‘tkaziladigan konsertda chiqish qiladi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

“Konsertda O‘zbekiston va Qozog‘iston xalq artisti Farruh Zokirov, O‘zbekiston xalq artisti Normo‘min Sultonov, Samandar Alimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ham ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Gala-konsert 15-mart kuni “Ostona opera” teatrida bo‘lib o‘tadi. Unda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev she’rlari ham jarang sochadi.

Konsert dasturidan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri balet truppasi va solistlari ijrosida jahon klassik opera va balet namunalari ham o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют