» » PSJ Chempionlar Ligasida fransuz klublarining 16 yil avvalgi natijasini takrorladi

PSJ Chempionlar Ligasida fransuz klublarining 16 yil avvalgi natijasini takrorladi


PSJ Chempionlar Ligasi yarim final bosqichida “Leypsig”ni mag‘lub etib, so‘nggi 16 yil ichida musobaqa finaliga chiqqan ilk fransuz klubi bo‘ldi.

Chempionlar Ligasida oxirgi marta fransuz klublaridan “Monako” bunday natijaga erishgandi. Klub 2003/2004-yilgi mavsumda finalga qadar yetib borib, “Portu”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bundan tashqari, “Marsel” 2017/18-yilgi mavsumda Yevropa Ligasi finaliga ham chiqib, hal qiluvchi o‘yinda “Atletiko”ga mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi hal qiluvchi o‘yinida “Bavariya”—“Lion” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Final bellashuvi 23-avgust kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют