» » Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 18-avgust kuni soat 15:30 larda tumandagi “Baxrin” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39—Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

A.D. boshqaruvida bo‘lgan “ZIL” rusumli yuk avtomashinasi Samarqand—Urgut yo‘nalishida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Toshkentning Chilonzor tumanida yashagan, haydovchi Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisi Sh.A., yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan J.A. va T.N. voqea joyida, uchinchi yo‘lovchi B.I. Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Cobalt’ning boshqa yo‘lovchilari — Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi F.M., uning o‘g‘li — voyaga yetmagan B.A. va Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi M.L. tan jarohati olib, Urgut tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют