» » SpaceX tarixda birinchi bor bitta raketa-tashuvchini olti marotaba uchirishga erishdi

SpaceX tarixda birinchi bor bitta raketa-tashuvchini olti marotaba uchirishga erishdi


Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Starlink global internet doirasida yana 58 ta suniy yoldoshdan iborat partiyani orbitaga uchirdi. Parvoz 18-avgust kuni NASAning Kanaveral sahrosidagi LC-40 start kompleksidan amalga oshirilgan.

Takidlanishicha, Falcon 9 raketasi beshinchi marotaba kosmosga kotarilib, yana ortiga qaytib kelgan. U SpaceXning olti marotaba uchirilib, muvaffaqiyatli qondirilgan ilk raketa-tashuvchisiga aylandi. Bunga qadar u Crew Dragonni XKSga, shuningdek, Starlinkning uch partiya suniy yoldosh internetini orbitaga uchirishga qatnashgan.

Bundan tashqari, ushbu parvoz SpaceX uchun yubileyga aylangan 100-missiya va Falcon 9 raketasining 92-marotaba uchirilishi (u hozirda Amerikada eng kop qollanilayotgan raketa hisoblanadi).

Shuningdek, 2019-yilning may oyidan boshlab Starlink suniy yoldoshi internet guruhi orbitaga 11-marotaba olib chiqilgan. Bundan oldingi 57 ta suniy yoldoshli partiya 7-avgust kuni uchirilgan edi. SpaceXning hozirgi orbital guruhi 595 ta kosmik apparatdan iborat.

Falcon 9 hamroh dasturlar doirasida Planet Lab kompaniyasiga tegishli ogirligi 100 kilogramm bolgan uchta masofaviy zondlash apparatlari SkySatni orbitaga olib chiqishi kerak. 18 ta suniy yoldoshdan iborat mazkur guruh Yer tasvirini 72 santimetrga qadar aniqlikda generatsiya qilishga qodir.

Falcon 9s first stage has landed on the Of Course I Still Love You droneship first time a booster has completed six flights! pic.twitter.com/A8bbTinGOA

SpaceX (@SpaceX) August 18, 2020

Raketa-tashuvchi boshqariluvchi qonishni Kanaveraldagi kosmodromdan 630 kilometr uzoqlikdagi Atlantika okeanida joylashgan Of course I still love you suzuvchi platformasiga amalga oshirishi kerak.

Shu bilan birga, Ms.Tree va Ms.Chief maxsus dengiz qutqaruv kemalari Atlantikada parashyut orqali tushadigan raketa kallagini suv torlari orqali tutishga uringan. Ushbu suyri dvigatelni bu safar faqat Ms.Tree tutishga muvaffaq bolgan. Malum qilinishicha, undan qayta foydalanish SpaceX kompaniyasiga 6 million dollar tejash imkonini beradi.

AvvalroqIlon Maskning global interneti tezligi test vaqtida 11-60 Mbit/soniya korsatkichni qayd etgani togrisida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:SpaceX astronomlarni deb Starlink suniy yoldoshlaridagi yoruglikni kamaytiradi



Manba: Daryo.uz
: admin (19-08-2020, 17:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -