» » “Real”ning 18 yoshli futbolchisi “Borussiya D”ga yo‘l oldi

“Real”ning 18 yoshli futbolchisi “Borussiya D”ga yo‘l oldi


“Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Reynyer Jezus faoliyatini Dortmundning “Borussiya” klubida davom ettiradi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

18 yoshli braziliyalik futbolchi keyingi ikki mavsumni Bundesligada ijarada asosida o‘tkazadi. Dortmundliklarda futbolchini sotib olish huquqi bo‘lmaydi.

Reynyer 2019/20-yilgi mavsum madridliklarning ikkinchi jamoasi “Kastilya”da uchta o‘yin o‘tkazib, ikkita golga muallif bo‘ldi.

“Real” o‘yinchini qishda 30 million yevro evaziga “Flamengo”dan sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют