» » Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogiga bosh hakam emas, videotakror bo‘yicha assistent bo‘lib boradi

Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogiga bosh hakam emas, videotakror bo‘yicha assistent bo‘lib boradi


Shu yilning 17-iyunidan start oladigan futbol bo‘yicha Konfederatsiyalar kubogiga o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham tashrif buyuradi.

O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Ermatov musobaqada asosiy hakam bo‘lib emas, balki referining videotakrorlar bo‘yicha assistenti bo‘lib ishlaydi.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi uchun jami 36 nafar hakam tanlab olingan. Ular JCh—2018 ga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatining ichidan saralab olingan. Keyinroq FIFA tashkil etgan nazariy va amaliy sinovlarga toblaydigan maxsus seminarda ishtirok etgan hamda tashkilot hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Pyerluiji Kollina va hakamlar departamenti rahbari Massimo Buzaka leksiyalarini tinglagan.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov avvalroq Rossiya—2018 mundialida ishlashi mumkin bo‘lgan hakamlarning kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olgandi. Ayni vaqtda u Jahon chempionatlarida eng ko‘p — 9 ta uchrashuvni boshqargan referi hisoblanadi.

Ermatov to‘rt yil avval Braziliyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar kubogiga asosiy hakam sifatida borgandi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют