» » Smartfonlar egasining yurishidan uning mastlik darajasini aniqlashni “o‘rganib oldi”

Smartfonlar egasining yurishidan uning mastlik darajasini aniqlashni “o‘rganib oldi”


Zamonaviy smartfonlar egasining spirtli ichimlik qabul qilgan yoki yo‘qligini ko‘rsatishi mumkin. Journal of Studies on Alcohol and Drugs’ga ko‘?ra, AQShning Stenford universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 90 foiz holatda yurishdagi kichik farqlar bo‘yicha mastlik darajasini aniqlashga erishilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotda 21 dan 43 yoshgacha bo‘lgan 22 ko‘ngillilar ishtirok etgan. Ularga ma’lum miqdorda spirtli ichimlik qo‘shilgan kokteyl berilgan. Shundan keyin telefonini beliga mahkamlagan ishtirokchilar, mashina haydashga ruxsat berilgan hududda alkogolning qondagi konsentratsiyasi ko‘tarilguniga qadar — yetti soat davomida soatiga bir martadan oldinga va orqaga 10 qadamdan yurgan.

Smartfon har gal tananing tezlanishi, yon, orqa va oldga harakatlanishini o‘lchagan. Natijada olimlar 90 foiz holatda yurishdagi kichik farqlar bo‘yicha mastlik darajasini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Tadqiqot mualliflarining qo‘shimcha qilishicha telefonlar spirtli ichimlik bilan bog‘liq organizmdagi funksional buzilish belgilarini aniqlashda foydali bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют