» » Organizmdagi ortiqcha suv o‘lim xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi

Organizmdagi ortiqcha suv o‘lim xavfini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi


Amerikalik olimlarning aniqlashicha, juda ko‘p miqdorda iste’mol qilingan suv o‘lim xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ko‘p suv ichish avval hisoblanganidek foydali emas. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, organizmda suyuqlikning ortiqchaligi o‘zini his qilish va salomatlikka jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, sog‘lom buyrak soatiga 800—1000 millilitr suvni qayta ishlaydi. Agar bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lsa, organizm suvni qayta ishlashga ulgurmaydi. Shunda organizmdan vitaminlar va mikroelementlar yuvilib ketadi.

Bundan tashqari, organizmda suv darajasining oshishi “suvdan mastlik”ni keltirib chiqarishi mumkin. Mastlik miyada qon bosimini oshiradi, uning oqibatida miyaning zararlanish xavfi ortadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют