WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Mushuk muhrlangan yuk mashinasida Tunisdan Germaniyaga yetib oldi
Mushuk muhrlangan yuk mashinasida Tunisdan Germaniyaga yetib oldi
Mushuk muhrlangan yuk mashinasida juda uzoq vaqt sayohat qildi. U yuk tashuvchi mashinaga Tunisda tushib qolgan va Germaniyaga yetib kelgandagina undan xabar topishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kompaniya xodimlarining biri yuk mashinasi oldidan o‘tayotib, shubhali tovushni eshitadi. Shundan so‘ng politsiya yordamida yuk mashinasi ichidan mushuk topildi.
Chiptasiz yo‘lovchi necha kunlik sayohat davomida och qolgan va chanqagan edi. Umuman olganda, uning ahvoli qoniqarli.
Huquq-tartibot xodimlari “sayohatchi”ni veterinarga olib borgan, mushukcha bir muddat shifokor nazoratida bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, bechora “sayohatchi” yuk mashinasida taxminan olti kunni o‘tkazgan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?
КТО НА САЙТЕ?
(
4)
(
0)
(
3)
(
1)





- отсутствуют
