WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Chilonzorda tekshiruv chog‘ida Captiva salonidan 2 gramm marixuana topildi
Chilonzorda tekshiruv chog‘ida Captiva salonidan 2 gramm marixuana topildi
Chilonzor huquq-tartibot idoralari xodimlari mashinasida marixuana olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishica, 11-noyabr kuni soat taxminan 15:40 larda Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Captiva avtoulovi to‘xtatilib tekshirilganda uning haydovchisi, 1969-yilda tug‘ilgan Nurmuxamedov Alisher Sirojiddinovichning yonidan 2,06 gramm marixuana aniqlangan.
Holat yuzasidan JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?