» » Xitoydagi restoran menyu berishdan avval mijozlar vaznini o‘lchamoqda. Ular shu tarzda oziq-ovqat iste’molini tejamoqchi

Xitoydagi restoran menyu berishdan avval mijozlar vaznini o‘lchamoqda. Ular shu tarzda oziq-ovqat iste’molini tejamoqchi


Xitoyning Chansha shahrida joylashgan restoran hukumatning oziq-ovqatni tejashga bo‘lgan fikrini qo‘llab-quvvatlash niyatida tashrif buyurgan mijozlarni tarozida o‘lchashni boshladi, deb yozadi BBC.

Restoranga kiraverishda ikkita katta tarozilar o‘rnatilgan bo‘lib, unga mijozlarning o‘zi haqidagi ma’lumoti kiritiladi. Shundang so‘ng vaznga mos bo‘lgan menyu namoyish etiladi.

Bundan tashqari, restoran ichiga “Tejamkor va tirishqoq bo‘ling, tarelkani bo‘sh qoldiring” va “‘Bo‘sh tarelka’ operatsiyasi” degan yozuvlar ilingan.

Restoran yondashgan yangi xeshteg qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lib, Xitoy ijtimoy tarmog‘i — Weibo’da 300 million marta ko‘rilgan. Natijada restoran ma’muriyati “Bo‘sh tarelka” dasturi uchun pushaymon ekanligini aytdi va uzr so‘radi.

“Bizning niyatimiz, avvalo, oziq-ovqat iste’molini tartibga solish va chiqindilarni kamaytirish edi. Biz hech qachon mijozlarni tarozida o‘lchashga majburlamaganmiz”, — deyiladi restoran bayonotida.

Xitoy nima uchun oziq-ovqatni tejashni boshladi?

Xitoyning ayrim hududlarida ikki oydan buyon tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida Yanszi daryosi qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Hukumat ikki milliondan ortiq odamni mazkur hududdan evakuatsiya qildi. Toshqindan asosan sholi yetishtiriladigan qishloq xo‘jaliklari zarar ko‘rgan. Shuningdek, pandemiya ham mamlakatda oziq-ovqat ta’minotiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 11-avgust kuni XXR raisi Si Szinpin mamalakat aholisiga murojaatida oziq-ovqatni isrof qimaslikka chaqirgan. Bundan tashqari, u “isrofgarchilik uyat, tejamkorlik maqtovga loyiq” deb ta’kidlagan.

Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab “Bo‘sh tarelka” aksiyasi boshlandi. Uxan oziq-ovqat xizmati assotsiatsiyasi restoranga tashrif buyuruvchilarga oziq-ovqat miqdorini cheklashga chaqirdi. Muassasalardan ayrimlari tashrif buyuruvchilar sonidan kam bo‘lgan idishlar buyurtma qiladigan tizimning joriy etilishini so‘radi. Hatto davlat kanallari juda ko‘p ovqat iste’mol qilayotganini videoga olgan blogerlarni tanqid qildi.

Butunjahon Yovvoyi tabiat fondining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil Xitoyda 17-18 million oziq-ovqat chiqindiga chiqarilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют