» » O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolayotgan shifokorlar 20-avgustdan boshlab kunbay ish tartibiga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolayotgan shifokorlar 20-avgustdan boshlab kunbay ish tartibiga o‘tkaziladi


O‘zbekistonda besh oydan buyon koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi tibbiyot muassasasida qolib ishlayotgan tibbiyot xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulida ishlamoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur tibbiyot xodimlari kunlik kelib-ketish tizimiga o‘tish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Xitoy, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ekspertlari ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan saralash va provizor shifoxonalari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish rejimini ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tkazilishiga ijobiy munosabat bildirgan.

Yuqoridagi taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yilning 17-avgustidagi tegishli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, 20-avgust sanasidan kunbay ish tartibiga o‘tiladi.

Ma’lum qilinishicha, shu sanadan boshlab koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan hamda ushbu infeksiyani aniqlash laboratoriyasi xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulidan sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tadi.

Ish hajmidan kelib chiqib, 6 kunlik kunbay ishlash mumkinligi belgilangan holda har 30 kun uchun bir oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha:

Kunlik qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, asosiy ish joyidagi oylik maoshi saqlab qolinadi hamda xodimlarning dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun ularga belgilangan tartibda ikki hissa haq to‘lanadi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi tibbiyot xodimlari shu paytgacha 14 kunlik faoliyatga jalb qilinayotgandi, shundan so‘ng ularning o‘zlari karantinga joylashtirilayotgandi. Mamlakatda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab kasallikka qarshi kurashga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga 14 kunlik ish uchun yuqorida qayd etilgan miqdorda rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lanayotgandi.

Bundan tashqari, koronavirusga chalingan va gumon qilingan bemorlarni taqsimlash markazlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlarining ishi 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi va ularga maoshlarni kunlik to‘lash tartibi ham joriy qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda hozirga qadar koronavirusga qarshi kurashayotgan qancha tibbiyot xodimi rag‘batlantirilgani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют