» » Ozbekistonda koronavirusdan sogaygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi

Ozbekistonda koronavirusdan sogaygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi


Ozbekistonda songgi kunlarda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari va davolanish kursini tugatgan bemorlar 14 kunlik reabilitatsiya kurslarisiz togridan togri uylariga kuzatila boshlangani haqida tarqalgan malumotlar yuzasidan Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev izoh berdi.

Ozi toliq davolanishdan keyin virus organizmdan batamom chiqib ketganidan song 14 kunlik reabilitatsiya amaliyoti faqat Ozbekistonda ehtiyot chorasi sifatida qollandi, xolos. Hatto dunyoning rivojlangan davlatlarida ham nafaqat bu amaliyot, balki koronavirusga chalinganlar ham faqat ogir holatlardagina shifoxonaga yotqiziladi, qolgan payt kerakli dori-darmonlar tavsiya qilinib, uyda davolanish buyuriladi.

Ozbekistonda virusga chalingan har qanday bemor belgilangan muddatda jiddiy kuzatuv ostida toliq bepul davolanadi. Davolanish songida virus boyicha tekshiruvlar manfiy natija berganidan keyin ham bu namunalar poytaxtimizdagi SEOMning maxsus virusologiya laboratoriyalarida qayta tahlildan otkaziladi va faqat shundan keyingina uzil-kesil tashxis qoyiladi. Ana shunday takroriy chuqurlashtirilgan tekshiruvdan keyingina bemor tuzalgan hamda xavfsiz hisoblanadi, deb yozadi SSV matbuot xizmati rahbari.

Furqat Sanayevning qayd etishicha, ushbu bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlari ham ana shunday takroriy tekshiruv tahlillaridan otadi.

Endi reabilitatsiya amaliyoti toxtatilganiga kelsak, tajriba bu amaliyotga zarurat yoqligini korsatdi. Chunki reabilitatsiyaga virusdan batamom xalos bolganlar jonatilardi va ular orasida kasallik qaytalanish holati ham kuzatilmadi. Shundan keyin bu tajribadan voz kechildi, deb izohiga yakun yasadi vazirlik matbuot xizmati rahbari.

Malumot uchun, Ozbekistonda koronavirusdan tuzalganidan song reabilitatsiyaga kuzatilgan bemorlar uchun 2,8 million somdan pul sarflanayotgan edi. 23-may holatiga kora, reabilitatsiyaga otkazilgan 2492 nafar bemor uchun 6 milliard 977 million som sarflangani malum qilingandi.

Eslatib otamiz, Ozbekistonda 15-iyun soat 17:00 holatiga kora, koronavirusga chalingan bemorlar soni 5154 nafarga, kasallikdan davolanganlar soni esa3996 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-06-2020, 19:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -