» » O‘zbekistonda 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda 22-avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta tiklanadi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi ma’lum qildi.

Kompaniya tomonidan xabar berilishicha, 22-avgustdan boshlab quyidagi elektropoyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi:

Kompaniya vokzal hududida hamda vagon ichida yo‘lovchilar sanitariya-gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishi kerakligini eslatib o‘tdi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan boshlab mamlakat hududlari o‘rtasidagi temiryo‘l qatnoviga ruxsat berildi.

Avvalroq 20-avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi bir qator yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanishi haqida ma’lum qilingandi.

Shuningdek, “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent—Samarqand—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qatnay boshlashi hamda Toshkent—Andijon—Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют