» » Qashqadaryoda ona Damas va uyni o‘z nomiga o‘tkazishini so‘ragan o‘g‘lini bolg‘a bilan urdi

Qashqadaryoda ona Damas va uyni o‘z nomiga o‘tkazishini so‘ragan o‘g‘lini bolg‘a bilan urdi


Qashqadaryo viloyatida E.Z. ismli nafaqaxo‘r ayol 26 yoshli o‘g‘li N.Sh.ni bolg‘a bilan urib, tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-avgust kuni soat 01:30 larda Qarshi tumani “Jumabozor” mahallasida yashovchi N.Sh. mast holda nafaqaxo‘r onasi E.Z.dan Damas mashinasi va uy-joylarni nomiga o‘tkazib berishni so‘ragan.

Ona va bola o‘rtasidagi suhbat tezda dahanaki aytishuvga aylangan. O‘g‘il onasini og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida E.Z. qo‘liga temir bolg‘a olib o‘g‘li N.Sh.ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Boshqarma ma’lumotida, E.Z.ning sog‘lig‘i, jarohatning qanday darajada ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Namangan shahrining “Yangi zamin” mahallasida 2020-yil 13-iyun kuni ro‘y bergan janjal oqibatida 44 yashar erkak 36 yoshli turmush o‘rtog‘ining bosh va bo‘yin sohasiga bolta bilan urib uni o‘ldirgani, voyaga yetmagan farzandlari — 10 va 8 yoshli qizlari, shuningdek, 4 oylik chaqalog‘iga tan jarohati yetkazgan va o‘zini yoqib yuborgan. Keyinchalik oilaviy mojaro oqibatida og‘ir jarohat olgan opa-singillar jonlantirish bo‘limidan chiqqani, qizlar bir muddat davolanishdan so‘ng bolalar shifoxonasi nevrologiya bo‘limiga yuborilishi va psixologlar kuzatuvida bo‘lishi xabar qilingandi.

14-avgustda esa Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida oilaviy janjal oqibatida kelinini urgan va unga tan jarohati yetkazgan qaynotaga nisbatan jinoyat ishi (2020-yil 11-avgustda) ochilgani haqida xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют