» » O‘zbekistonda yarim yilda davlat tashkilotlarining 47 nafar rahbar va mansabdor xodimiga jami 35 mln so‘m jarima solindi

O‘zbekistonda yarim yilda davlat tashkilotlarining 47 nafar rahbar va mansabdor xodimiga jami 35 mln so‘m jarima solindi


O‘zbekistonda 2020-yilning 1-yarim yilligida 2584 ta moliyaviy nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi.

Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi — 2010 tasi (79 foiz) budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 milliard so‘m miqdorida budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi holatlar aniqlangan.

Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 milliard so‘mi (70 foiz) tegishli budjetlarga tiklanishi ta’minlangan.

Budjet qonunchiligi buzilgan budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxsi o‘rnatilgan tartibda 35 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Shuningdek, 1246 ta nazorat tadbirida aniqlangan 79,4 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют