» » O‘zbekiston sudlarida 6 oy mobaynida 325 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston sudlarida 6 oy mobaynida 325 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi


O‘zbekistonda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 2020-yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sharhi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 6 oyida ma’muriy sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib tamomlagan ish va materiallar soni 177 463 tani tashkil etdi (2019-yilda 205 118 ta ish va material ko‘rib chiqilgan).

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2020-yil 6 oyida birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar soni 92 348 tani tashkil etdi (2019-yilda 91 744 ta ish ko‘rilgan).

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 2020-yil 6 oyida sudlarga kelib tushgan ariza va da’vo arizalari soni 56 368 tani tashkil etdi (2019-yilda 111 034 ta).

Ko‘rilgan ishlar soni 2020-yil 6 oyida 51 727 ta (2019-yilda 95 418 ta), shundan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya etishga oid ko‘rilgan ishlar 2020-yil 6 oyida 14 255 tani tashkil etdi (2019-yilda 15 643 ta).

Undirilishi belgilangan mablag‘ miqdori 2020-yil 6 oyida 2,9 trillion so‘m (2019-yilda 5,8 trillion so‘m), shundan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari foydasiga undirilishi belgilangan mablag‘ miqdori 2020-yil 6 oyida — 824,7 milliard so‘m (2019-yilda 623,8 milliard so‘m).

2020-yil 6 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan birinchi instansiyada ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari soni 13 991 tani (17 251 nafar shaxsga) tashkil etdi (2019-yilda 14 269 ta ish ko‘rilgan (18 745 nafar shaxsga).

Birinchi instansiya sudlari tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari bo‘yicha shaxslar:

Hukm chiqarilgan ishlar bo‘yicha shaxslar soni:

Ishlari tugatilgan shaxslar soni:

Boshqalar:

Sud zalidan qamoqqa olinganlar va ozod etilganlar:

2020-yil 6 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yarashuv ishlarining ko‘rilishi soni 3404 tani (3565 nafar shaxsga) tashkil etdi (2019-yilda 2860 ta ish ko‘rilgan (3043 nafar shaxsga).

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют