» » Namanganda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik nizolari soni 22 foizga kamaydi

Namanganda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik nizolari soni 22 foizga kamaydi


Namangan viloyatida sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik nizolari soni 22,4 foizga kamaydi. Bu haqda “Daryo”ga Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Abdurahmon Safoyev ma’lum qildi.

Ularning soni 2017-yilda 17254 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 13380 taga teng  bo‘ldi.

Jumladan, o‘tgan yil davomida aksariyat oilaviy nizolar — uyga kiritish haqidagi 114 ta (2017-yilda 155 ta), uydan ko‘chirish haqidagi 44 ta (48 ta), nikohdan ajratish haqidagi 1496 ta (1515 ta), uy-joyni umumiy mulk deb topish, bo‘lish yoki ulush ajratish haqidagi 21 ta (31 ta), otalikni belgilash haqidagi 127 ta (189 ta), bolani o‘z tarbiyasiga olish haqidagi 52 ta (61 ta), ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi 16 ta (28 ta) ishlar 2017-yilga nisbatan kamaygan.

Sudlar tomonidan ajralish arafasida turgan 393 ta oilani yarashtirish choralari ko‘rilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют