» » Andijonda sudlar ishtirokida o‘tgan brifingda jinoyatlar soni qariyb 24 foizga kamaygani qayd etildi

Andijonda sudlar ishtirokida o‘tgan brifingda jinoyatlar soni qariyb 24 foizga kamaygani qayd etildi


Andijon viloyat teleradiokompaniyasida jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha viloyat sudlari raislari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi brifingda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Brifingda qatnashgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi Vohidjon Nazarovning ma’lum qilishicha, joriy yilning birinchi choragi mobaynida 721 nafar shaxsga nisbatan 547 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va tamomlangan. Shundan 570 nafar shaxsga nisbatan 411 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan. 150 nafar shaxsga nisbatan 135 ta jinoyat ishi tugatilgan. 1 nafar shaxsga nisbatan ish bo‘yicha tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan. Viloyatda umumiy jinoyatlar soni 23,9 foizga, jumladan, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish 1,5, bosqinchilik jinoyati 2 baravarga, firibgarlik jinoyati 26,7, o‘g‘rilik jinoyati 20, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish 13,5, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyati 40 foizga kamaygan.

Viloyat, tuman (shahar) Ma’muriy sudlari tomonidan esa 5 726 nafar shaxsga nisbatan 4 769 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilib, shundan 3 546 nafar shaxsga nisbatan 3 035 ta ish bo‘yicha jazolar qo‘llanilgan (63,6%) va 2 180 nafar shaxsga nisbatan 1 734 ta ish harakatdan tugatilgan (36,3%). Jumladan, 3 244 shaxsga nisbatan jarima (91,4%), 66 nafar shaxsga nisbatan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum qilish (1,8%), 223 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish (6,2%), 10 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish jazosi (0,2%), 3 nafar shaxsga nisbatan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazolari qo‘llanilgan. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslardan 472 nafari ayollar (13,3%), 14 nafari voyaga yetmaganlar (0,3%), 179 nafari 60 yoshdan oshganlar (5%), 118 nafari chet el fuqarolari (3,3%), 30 nafari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (0,8%), 138 nafari tadbirkorlik subyektlari (3,8%)ni tashkil qilgan. 2019-yilning 1-choragi davomida ko‘rib tamomlangan ishlarning 3 504 tasi, ya’ni 73,5 foizi sayyor sud majlisida ko‘rilgan.

Viloyat iqtisodiy sudlariga 2019-yil 1-birinchi choragida 5 414 ta ariza va da’vo arizasi kelib tushgan. Arizalar soni 2018-yilning birinchi choragiga nisbatan 7 358 taga yoki 42,4 foizga kamaygan. Viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan jami 3 996 ta ish ko‘rilib, da’vogarlar foydasiga 99 milliard 993 million so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilindi. Viloyat iqtisodiy sudlar tomonidan jami 2 ming 722 ta iqtisodiy ish sayyor sud majlislarida ko‘rilgan bo‘lib, bu jami ko‘rilgan ishlarning 68,1 foizini tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют