» » Qozog‘istonda 2 mln nafardan ziyod aholiga 42 500 tengedan yordam puli tarqatildi

Qozog‘istonda 2 mln nafardan ziyod aholiga 42 500 tengedan yordam puli tarqatildi


Qozog‘istonda 2,3 milliondan ziyod aholiga 42 500 tengedan yordam puli beriladi. Bu haqda Kazinform xabar qilgan.

“19-avgust soat 09:00 holatiga ko‘ra, iyul oyida cheklov choralari joriy etilgani sababli 2 million 575 ming kishidan ariza kelib tushgan, hozirgacha 2 million 362,1 ming odamga yordam puli to‘lab berilgan”, – deyiladi agentlik xabarida.

Qozog‘istonda ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan to‘lovlar uchun arizalar bir nechta kanallar orqali qabul qilinadi. 2 million 362,1 mingta murojaatning 834,7 mingtasi to‘lovlarni proaktiv ravishda amalga oshirishga rozilik bildirgan. 672,4 ming kishi “Egov.kz” portali va Telegram-botlar orqali 405,6 ming kishi “42500.enbek.kz” portalidan, 662,2 ming kishi esa ikkinchi darajali banklarning mobil ilovalari hamda internet resurslari orqali ariza bergan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘iga binoan, 2020-yil iyul oyida karantin choralari joriy etilgani tufayli ishlaydigan va karantin tufayli daromadidan ayrilgan qozog‘istonliklarga 42 500 tenge (O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 2020-yil 18-avgustda belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha 1 million 37 ming 85 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshirilmoqda.

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi davrida aprel oyining o‘zida aholining 4 million 250 nafari 42 500 tengedan yordam puli olgan. 570 dan ortiq aholiga oziq-ovqat to‘plami berilgan. Umumiy hisobda 1,1 million kishi oziq-ovqat bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют