» » Farg‘onada Damas hamda mototsikl ishtirokida YTH yuz berdi. Mototsikl haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada Damas hamda mototsikl ishtirokida YTH yuz berdi. Mototsikl haydovchisi shifoxonada vafot etdi


Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Damas va “IJ” mototsikli to‘qnashuvi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Voqea 2020-yil 17-avgust kuni Toshloq tumanida sodir bo‘lgan. E.X. boshqaruvidagi Damas “Yakkatut” MFY hududida o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda “IJ” mototsiklida kelayotgan A.T.ni urib yuborgan. Yo‘l transport hodisasi oqibatida mototsikl haydovchisi jiddiy jarohat olgan va shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, mazkur qilmishning odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq  YTHlar sodir bo‘lib turadi, jumladan, 12-iyun kuni N.A. boshqaruvidagi “GAZ-53” yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 2015-yilda tug‘ilgan E.M.ni urib yuborgan va 5 yoshli bola shifoxonada vafot etgan. 10-iyul kuni fuqaro U.T. Nexia 2 avtomashinasini tumandagi “Qanjirg‘a” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi tut daraxtiga urilgan. Fuqaro to‘qnashuv oqibatida og‘ir jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Mototsikl haydovchilarining o‘limi bilan bog‘liq voqealar haqida ham xabarlar berilgan. 2019-yil dekabrda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Taxtako‘pir tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘linmasida katta inspektori mashinasida mototsikl haydovchisini urib yuborgan va B.Pirnazarov voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida 2020-yil 26-iyun kuni 35 yoshli B.S. boshqaruvidagi Yamaha YZFR6 rusumli mototsikl va 46 yoshli X.U. boshqargan Shacman yuk avtomobili o‘zaro to‘qnashuv sodir etishi oqibatida mototsikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют