» » Toshloqdagi toshli yo‘lda Nexia 2’ning tut daraxtiga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Toshloqdagi toshli yo‘lda Nexia 2’ning tut daraxtiga urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi


Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida Nexia 2 mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 10-iyul kuni fuqaro U.T. Nexia 2 avtomashinasini “Qanjirg‘a” mahallasi hududida boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi tut daraxtiga urilgan. Oqibatda avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi E.I. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish joizki, hodisa aks etgan suratlarda yo‘lning notekis, toshli ekanligini ko‘rish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning birinchi yarmida jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani va ularning 650 tasi o‘lim bilan yakunlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют