» » Buxoroda Cobalt’ning yuk mashinasiga urilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Buxoroda Cobalt’ning yuk mashinasiga urilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi


Buxoro viloyati Peshku tumanida Cobalt va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 1-iyul kuni soat 07:00 da 21 yoshli haydovchi H.S. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasi Buxoro viloyati Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining Xorazm—Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab ketayotganda, ushbu yo‘lning 395-kilometrida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh. boshqaruvidagi Mercedes-Benz 1841 LS rusumli yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

YTH natijasida Cobalt haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют