» » Buxoroda Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


Buxoro viloyatining Romitan tumani hududida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

2020-yilning 10-fevral kuni taxminan soat 07:30 larda 24 yoshli A.R. Nexia-2 rusumli avtomashinasida Xorazm—Buxoro A-380 avtomobil yo‘li bo‘ylab Romitan tuman hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning chekkasiga chiqib ketgan va bir necha marta aylanib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilar 49 yoshli U.M. va 42 yoshli D.A.lar hodisa joyida vafot etgan. Haydovchi va 36 yoshli uchinchi yo‘lovchi X.Yu. esa shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют