» » Tergov departamenti Buxoroda Nexia va Isuzu ishtirokida yuz bergan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi

Tergov departamenti Buxoroda Nexia va Isuzu ishtirokida yuz bergan YTH bo‘yicha ma’lumot berdi


Buxoroda Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilarini olib ketayotgan avtobus Nexia bilan to‘qnashgani va oqibatda ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Zafarobod qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi “Navoiy—Zarafshon” A-379 avtomobil yo‘lida 2020-yil 5-yanvar kuni taxminan soat 06:45 da yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

46 yoshli A.N. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasida me’yoridan ortiqcha yo‘lovchi bo‘lgan. Jami 5 nafar yo‘lovchi bilan birga Konimex tumani Zafarobod shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan Nexia yo‘lning 60-kilometriga yetganida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 50 yoshli U.X. boshqaruvidagi Navoiy kon metallurgiya kombinatiga tegishli Isuzu rusumli avtobus bilan yuzma-yuz to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

YTH oqibatida Nexia yo‘lovchisi, 58 yoshli M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, yengil avtomashinaning va avtobusning qolgan yo‘lovchilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Nexia’ning boshqa yo‘lovchisi, 29 yoshli T.M. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasi ichida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda, avtobusdagi 4 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют