» » Sirdaryo viloyatidagi dahshatli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatidagi dahshatli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi


Sirdaryo viloyatida Cobalt va Damas ishtirokidagi dahshatli YTHda 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Voqea 1-fevral kuni soat taxminan 08:30 larda sodir bo‘lgan. 19 yoshli Sh.B. o‘zining Cobalt mashinasida Guliston shahar 4-mavze Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lida Guliston—Zarbdor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, 21 yoshli S.M. haydab ketayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi S.M. yo‘lovchilari 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 24 yoshli S.A.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют