» » Qashqadaryoda Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda Matiz ishtirokidagi YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi


Qashqadaryoda inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

15-dekabr kuni taxminan soat 22:30 larda 25 yoshli G‘.A. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor—Qarshi” avtomobil yo‘li bo‘ylab Qarshi shahri tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida yo‘lning G‘uzor tumani “Mash’al” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 17-kilometrida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng tomon chetidagi temir yo‘lni himoya qiluvchi panjaraga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi G‘.A. hamda yo‘lovchilari 31 yoshli Sh.B. va 32 yoshli R.X.lar voqea joyida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют