» » Qashqadaryoda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi og‘ir jarohat oldi

Qashqadaryoda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi og‘ir jarohat oldi


Qashqadaryoda inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

2-noyabr kuni soat 11:50 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan “Qarshi katta xalqa yo‘li”ning “Yettitom-Qarshi” 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R.ning boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X.ning boshqaruvida bo‘lgan “Gaz-322132” rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatida “Gaz-322132” rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va Lacetti rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqarolar turli darajada tan jarohati olib RShTTYoIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

“Gaz-322132” rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют