» » Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi

Payariq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi


11-iyun kuni soat 14:00 larda Samarqand viloyati Payariq tumanida Matiz hamda “Gaz-322132” mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “ZarNews.uz”.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, R.M boshqaruvida bo‘lgan Matiz Payariq tumani “Choshtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4 K 505 avtomobil yo‘lining “Al-Buxoriy-Lazzat” yo‘nalishi orqali kelayotib, asosiy yo‘lning “Eshimoqsoqqa” kirish avtomobil yo‘liga chiqib ketgan.

Matiz yengil mashinasi asosiy yo‘lda “Samarqand—Chelak” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi G.Q.ning boshqaruvida bo‘lgan “Gaz-322132” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilar yengil mashina ichida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi va haydovchi G.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют