» » Samarqandda avtobus va Spark to‘qnashib ketdi, bir necha kishi jarohatlandi (foto)

Samarqandda avtobus va Spark to‘qnashib ketdi, bir necha kishi jarohatlandi (foto)


2019-yil 16-may kuni soat 09:30 larda haydovchi Payariq tumani Bobur mahallasida yashovchi Orif Axmatov boshqaruvida bo‘lgan Midibus rusumli 30 324 VAA davlat belgili avtobus Ma’rifat ko‘chasi tomondan Imom Al-Buxoriy ko‘chasi tomonga boshqarib borilayotgan vaqtida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Jahongir Xolbekov boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. Bu haqda Samarqand viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib, Zarnews xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark haydovchisi J.Xolbekov chap umrov suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobus yo‘lovchilari – Zarifa Ergasheva o‘ng qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi, Mahbuba Qodirova esa chap umrov suyagining sinishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют