» » Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Matiz haydovchisi vafot etdi (video)

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Matiz haydovchisi vafot etdi (video)


Kecha, 13-dekabr kuni soat 22:45 da Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ko‘prikda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahri IIBB yo‘l harakati xavfsizligi Boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli Captiva haydovchisi (Intel Car xususiy kompaniyasiga tegishli) Sold Avto taksoparkiga tegishli Matiz bilan to‘qnashib ketgan. Matiz’ning 60 yoshli haydovchisi olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida vafot etdi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Avariya guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Matiz g‘idiragining dami chiqib ketgan va haydovchi uni to‘g‘irlash uchun mashinani yo‘l bo‘yiga to‘xtagan. Boshqa bir versiyada keltirilishicha, erkak shunchaki mashinaning avtomobillar harakatlanayotgan tomonidan chiqib qolgan. Bu vaqtda esa uni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan Captiva haydovchini payqamay qolib, uni urib yuborgan va avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Noxush hodisaning videosi ijtimoiy tamoq va messenjerlarda tarqaldi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют