» » Qo‘qonda Spark YTHga uchrashi oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi

Qo‘qonda Spark YTHga uchrashi oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi


15-noyabr kuni soat 12:30 da “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘li bo‘ylab Qo‘qon shahriga ketayotgan Spark beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Spark avtomobilini boshqarib ketayotgan M.T. Uchko‘prik tumani hududida ehtiyotsizligi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi ikki tomonlama harkatlanish yo‘nalishini ajratuvchi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan.

Oqibatda yo‘lovchi 64 yoshli O.T. (ayol) hodisa joyida, 61 yoshli M.T. (ayol) esa Uchko‘prik tuman TTY jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.T.ga nisbatan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют