» » Toshkеntda mashina olib qochgan fuqaro yonib kеtdi

Toshkеntda mashina olib qochgan fuqaro yonib kеtdi


Joriy yilning 13-sentabr kuni soat taxminan 17:00 da noma’lum shaxs Yunusobod tumani, 4-mavzesi hududida qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini g‘ayriqonuniy ravishda ochib, uni olib qochgan. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar berdi.

Noma’lum shaxs Ahmad Donish ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish chog‘ida yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan va hodisa joyidan yashiringan.

Shu kuni soat taxminan 19:30 da noma’lum shaxs Yunusobod tumani hududida fuqaro I.G.N.ga nisbatan kuch ishlatgan holda, unga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasini olib qochgan.

Shundan so‘ng mazkur avtomashinada Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida Grand Palace mehmonxonasining qarshisida beton to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda avtomashina yonib ketgan va transport vositalarini olib qochgan shaxs Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Holat yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida, avtomashinalarni olib qochish jinoyatlarini RShTYoIMga olib borilgan M.Sh.A. sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi va 267-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют