» » “Kalashnikov” konserni o‘zining ilk “aqlli” qurolini taqdim etdi

“Kalashnikov” konserni o‘zining ilk “aqlli” qurolini taqdim etdi


“Kalashnikov” konserni rangli displey va smartfonga ulanish uchun Bluetooth’ga ega silliq stvolli yangi “MR-155” qurolini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kompaniya hozircha yangi quroli haqida barcha ma’lumotlarni oshkor etmagan, chunki uning to‘laqonli taqdimoti 27—29-avgust kunlari “ArMI—2020” xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladi.

“MR-155” tashqi ko‘rinishi bilan oddiy zamonaviy silliq stvolli qurolga o‘xshaydi, faqat uning korpusidan kichik rangli displey o‘rin olgan. Promo-rolikka ko‘ra, ekran yordamida o‘t ochish rejimini sozlash va hatto kompasni ishga tushirish mumkin.

Shuningdek, “Kalashnikov” vakillarining va’da qilishlaricha, qurol Bluetooth yordamida boshqa gadjetlar bilan sinxronlasha oladi, masalan, smartfon bilan. Aftidan qurol otilgan o‘qlar soni yoki boshqa parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishga qodir bo‘ladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yangi quroldan o‘t ochilgani tasvirlangan video paydo bo‘lgan, faqat unda “aqlli” funksiya namoyish etilmagan.

View this post on Instagram

Скоро #КалашниковНаАрмии2020

A post shared by Дмитрий Тарасов (@d.v.tarasov) on

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda “Kalashnikov” konserni AK-12 avtomatining aholiga mo‘ljallangan variantini yaratgan edi.

Mavzuga doir: “Kalashnikov” konserni uchuvchisiz kamikadze samolyotini yaratdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют