WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Bavariya” Chempionlar Ligasida “Real”ning rekordini takrorladi
“Bavariya” Chempionlar Ligasida “Real”ning rekordini takrorladi
“Bavariya” Chempionlar Ligasining yarim final bosqichida “Lion”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Myunxenliklar Chempionlar Ligasining joriy mavsumida o‘tkazilgan 10 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi va 2014–2015-yillarda “Real” tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi.
Shuningdek, agar g‘alabalar seriyasi mavsum boshidan hisoblansa, unda “Bavariya” “Barselona”ning 2002/03-yilgi mavsumdagi rekordini (Chempionlar Ligasining dastlabki 9 ta bahsida g‘alaba qozongan) yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” va PSJ o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi final o‘yini 23-avgust sanasiga belgilangan.
Mavzuga doir: “Bavariya”ning irqchilikda ayblangan murabbiyi ishdan bo‘shatildi
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?