» » Nyu-Yorkda 40 yildan buyon harakatsiz turgan ideal holatdagi Dodge Dart sotuvga qo‘yildi (foto)

Nyu-Yorkda 40 yildan buyon harakatsiz turgan ideal holatdagi Dodge Dart sotuvga qo‘yildi (foto)


Nyu-Yorkdagi gajarlarning biridan 1969-yilda ishlab chiqarilgan va hozirga qadar ajoyib holatda saqlangan Dodge Dart Swinger topildi. Topilmaning yana bir o‘ziga xos jihati — noyob kupe 1981-yildan buyon harakatsiz turibdi, deb xabar beradi Motor.

Mazkur Dodge Dart Swinger ajoyib holatda saqlangan. Yarim asrdan ortiqroq tarixga ega ekanligiga qaramay, avtomobil kuzoviga zang tushmagan. Qizil qoplama va vinil tom zavoddan chiqqan holatdagidek saqlangan. Bundan tashqari, kabrioletning ko‘plab detallari orginal va ishlashga yaroqli. Uning faqatgina tormoz tizimi, akkumulyatori va benzobaki almashtirilgan.

Maslkar interyeri ham yomon ahvolda emas. Salon qora rangli charm o‘rindiqlar va radiomagnitola bilan jihozlangan. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilni bu kabi holatda saqlanib qolinishiga 12 yilgina minilgani sabab. 1981-yildan buyon Dodge issiq garajda harakatsiz turgan. Shu sababli maslkar hozirga qadar 150 ming kilometrgina yo‘l bosgan.

Avvaliga modeldan dreg-reysing poygalarida foydalanish rejalashtirilgan. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, kupe unda ishtirok etmagan. Model kapoti ostida 175 ot kuchiga ega 5,6 litrli V8 dvigateli o‘rin olgan bo‘lib, u uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Mashina soatiga 100 kilometr tezlikka olti soniyada erishadi.

Ayni vaqtda 51 yoshli model 29,5 ming dollarga baholanmoqda.

Mavzuga doir: Minilgan Dodge Challenger SRT Demon sotuvga qo‘yildi. Uning puliga ikkita yangi Challenger SRT Hellcat beradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют