» » O‘zbekistonda diniy tashkilotlar tuzishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda diniy tashkilotlar tuzishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda


“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Loyihada har bir shaxsning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi bilan kafolatlangan vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini ta’minlashga oid munosabatlar tartibga solingan.

Loyihada quyidagi asosiy yangiliklar nazarda tutilgan:

Qonun loyihasiga diniy tashkilotlarni tuzish jarayonlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi yangi tartiblar kiritilgan. Xususan:

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, loyiha bilan o‘rnatilayotgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga to‘liq mos keladi.

“Loyihani ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning sohaga oid tajibalari o‘rganildi, tahlil qilindi va ulardan foydalanildi. Xorijiy ekspertlarning fikrlari inobatga olindi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSh rasmiylari Oliy Majlis deputatlari tomonidan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning ko‘rib chiqilishi boshlanganligini olqishlagandi. AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) 2020-yil aprel oyida O‘zbekistonni diniy erkinliklarni buzuvchilarning “qora ro‘yxati”dan chiqardi. AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek avhust oyining boshida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga o‘z bahosini berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют