» » Hojatxona unitazidan o‘rmalab chiqqan ilon amerikalik erkakni qo‘rqitib yubordi (video)

Hojatxona unitazidan o‘rmalab chiqqan ilon amerikalik erkakni qo‘rqitib yubordi (video)


Amerikaning Texas shtatida yashovchi Gas Uest hojatxona unitazidan ilon o‘rmalab chiqayotganini ko‘rgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Ta’kidlanishicha, erkak sudraluvchini ko‘rgan zahoti videoga olgan va do‘sti Payton Melounga yuborgan. Videoni ko‘rgan Meloun, uni Twitter’dagi sahifasiga joylagan.

I always thought this was an irrational fear of mine...apparently not. Friend out in west Texas found this. ???????????? pic.twitter.com/jd23gbLkGF

— Payton Malone WWL-TV (@paytonmalonewx) August 16, 2020

Joylangan video ikki milliondan ko‘p tomosha qilingan, o‘n minglab izoh qoldirilgan va repost qilingan. Foydalanuvchilardan biri, shundan keyin unitaz qopqog‘ini yopib yurishini, sudralib yuruvchi kanalizatsion tizim orqali uyga kirishi mumkin ekanligini ta’kidlagan, boshqa foydalanuvchi esa hazilomuz tarzda boshqa hojatxonaga kirmaslik va uyni sotishni taklif qilgan.

Video muallifining yozishiga qaraganda, ilon zaharsiz bo‘lgan va tutib olinganidan keyin orqa hovliga qo‘yib yuborilgan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют