» » Amerikalik ayolning kir mashinasi ichidan bo‘g‘ma ilon chiqdi. Ayol uni kiyim deb o‘ylab, qo‘liga olgan

Amerikalik ayolning kir mashinasi ichidan bo‘g‘ma ilon chiqdi. Ayol uni kiyim deb o‘ylab, qo‘liga olgan


Amerikaning Florida shtatida istiqomat qiladigan ayol kir yuvish mashinasi ichidan bo‘g‘ma ilon topib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Konnektikutdan Uest-Palm-Bichga ko‘chib o‘tganiga ko‘p bo‘lmagan Emili Visnik sudralib yuruvchining qanday qilib kir mashina ichiga kirib qolganini bilmaydi.

U kir yuvish mashinasining oldiga kelganida, oynasidan ilon terisili qandaydir narsa yotganini ko‘rgan va kim buni yuvishga tashladi ekan, deya hayratlangan. Mashina ichidan olib tashlamoqchi bo‘lganida esa qo‘lida nimadir qimirlayotganini sezgan va katta bo‘g‘ma ilonni ko‘rib, baqirib yuborgan, deyiladi xabarda.

Shundan keyin ayol hayvonlar huquqini himoya qilish jamiyatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Jamiyat vakillarining aytishiga qaraganda, ilon mashinaga turba orqali kirib qolgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa yuz berishidan sal avvalroq o‘sha binoning pastki qavatida yashaydigan qo‘shnilardan biri ventilyatsiya tizimida ilon sudralganiga o‘xshash ovoz eshitganini ma’lum qilgan.

Visnikning qo‘ng‘irog‘idan keyin voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar ilonni binodan olib chiqib ketgan.

Mavzuga doir: Amerikalik erkak o‘z uyining oshxonasida ayiqqa duch keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 12:56)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют