» » Amerikalik styuardessa samolyotda ilonni tutib oldi

Amerikalik styuardessa samolyotda ilonni tutib oldi


AQShning Alyaska shtati Aniak shahridan Ankorijga yo‘l olayotgan yo‘lovchi samolyotda ilon topildi va u tutib olindi. Bu haqda KTVA xabar bermoqda.

Yo‘lovchilar samolyot havoga ko‘tarilganidan keyin o‘rindiq ostida o‘tirgan sudralib yuruvchini ko‘rib qoldi va bu haqda zudlik bilan ekipaj a’zolariga ma’lum qildi.

Styuardessalardan biri ilonni qo‘li bilan tutib oldi va uni chiqindi uchun mo‘ljallangan paket ichiga soldi. Guvohlarning aytishicha, ayol xotirjam va ishonchli harakatlandi. Sudralib yuruvchining uzunligi 1 metrdan oshiq edi.

Aviakompaniya vakili yo‘lovchilardan biri ilonni qoidaga zid ravishda havo kemasi bortiga olib kirganini ma’lum qildi. Ilonning turi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Katta ehtimol bilan u zaharli bo‘lmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют