» » Minskdan havoga ko‘tarilgan samolyot qushlar to‘dasi bilan to‘qnashib ketdi

Minskdan havoga ko‘tarilgan samolyot qushlar to‘dasi bilan to‘qnashib ketdi


Belarus poytaxti Minsk shahrida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yo‘nalishida harakatlangan “Belavia” kompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilishidan so‘ng qushlar to‘dasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

To‘qnashuvdan so‘ng havo kemasi Minsk aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Boeing-737-500 samolyoti 150 metr balandlikda qushlar to‘dasi bilan to‘qnashganidan keyin layner komandiri aeroportga qaytishga qaror qildi.

“Tut.by” nashrida qayd etilishicha, ushbu xabardan keyin yo‘lovchi ayollardan birining mazasi qochdi. Shu sababli samolyot bortiga tez tibbiy yordam chaqirildi.

Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, samolyot muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют