» » Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi

Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi


Biologiyaga qiziquvchi amerikalik ayol do‘stining hovlisidan ikki boshli ilon topib olib, uni uyiga olib ketdi. Bu haqda Inside Edition portali xabar bermoqda.

Tani Yanush topib olgan jonivorning yoshi o‘n oylik bo‘lib, uzunligi 30 santimetrga yetadi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ilonning ikkita boshi ko‘pincha turli tomonlarga sudralib ketishga urinib, o‘zaro kurashadi.

Yanushning fikricha, ilon yovvoyi tabiatda halok bo‘lgan bo‘lardi, chunki u juda sekin sudraladi.

Ayolning uyida ikki boshli ilondan tashqari, yana yettita ilon, baqa, suvarak, qirqoyoq, tipratikan, qushlar, it va mushuklar hamda boshqa hasharotlar yashaydi, ularning barchasini ko‘chadan topib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют