» » Yashnobodda sobiq shirkat rahbari qariyb 230 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda

Yashnobodda sobiq shirkat rahbari qariyb 230 mln so‘mni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda


Toshkentning Yashnobod tumanida juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgan sobiq shirkat rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tumandagi “I-K.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbarining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, fuqaro O.D. 2016—2018-yillarda shirkat direktori lavozimida ishlab kelib, turmush o‘rtog‘i Sh.ning nomiga “T.s.” MChJ va tanishi S.ning nomiga “T.m.” MChJlarni tashkil qilib, jamiyatlar faoliyatini norasmiy o‘zi boshqarib kelgan.

2017-yilda bankdan shirkatga qarashli ko‘p qavatli uylarni joriy ta’mirlash uchun 461,2 million so‘m kredit rasmiylashtirishga erishib, yuqoridagi MChJlar o‘rtasida pudrat shartnomalari tuzgan. Shundan so‘ng dalolatnomalarga 229,3 million so‘mlik ishlar bajarilganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni qo‘shib yozib juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismi va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют