» » O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz o‘tadi, bayram oila davrasida nishonlanadi

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik bayrami katta yig‘in va sayillarsiz o‘tadi, bayram oila davrasida nishonlanadi


O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi bayramida mamlakatda katta yig‘in va sayillar o‘tkazilmaydi, bayram oila davrasida nishonlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 29 yillik bayrami masalasida shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va sayillar o‘tkazishni cheklash talabini qo‘ymoqda. Shuning uchun ushbu sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko‘rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgani sababli Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingandi Shuningdek, Ramazon hayiti va Qurbon hayiti ham jamoat namozlarisiz o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют