» » Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida 500 o‘rinli tashxislash va saralash markazi barpo etildi

Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida 500 o‘rinli tashxislash va saralash markazi barpo etildi


Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashxislash va saralash markazi foydalanishga topshirishga shay holga keltirildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

500 o‘ringa mo‘ljallangan markazda 20 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etildi. Qolgan xonalarning barchasi kislorod yetkazib beruvchi tarmoqlarga ulangan.

— Koronavirus infeksiyasiga duchor bo‘lgan bemorlar ko‘pincha havo yetishmasligidan qiynaladi. Markazda esa bunday holat kuzatilmaydi. Chunki palatalar nafas olishga ko‘mak beruvchi tibbiyot asboblari bilan ta’minlangan. Jonlantirish bo‘limiga esa yanada takomillashgan apparaturalar o‘rnatilgan, — deydi reanimatolog Sanjarbek Asqaraliyev.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, markaz koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni birdan ortib ketishi kuzatilgan vaziyatlarda asqotadi. Shuning uchun ham bu yer eng zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan.

Ayni paytda markazda xizmat qiladigan 20 nafar shifokor, 80 nafar hamshira va 20 nafar yordamchi xodimni tanlash hamda tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashxislash va saralash markazi barpo etilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют